Jahon | 07:00 / 23.06.2015
1372
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada portlashlar oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyaning shimolidagi Mayduguri shahrida ikki nafar terrorchi qiz tomonidan sodir etilgan portlashlar oqibatida 30 nafarga yaqin kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Qizlardan biri o‘zini Ramazon oyi munosabati bilan ko‘pchilik odam yig‘ilgan masjid yonida o‘zini portlatib yuborgan.

Ikkinchi portlash ham shu joy yaqinida sodir bo‘ldi, unda faqatgina terrorchi qizning o‘zi halok bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish