Jamiyat | 15:49 / 23.06.2015
2375
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar MERS virusining zaif tomonini aniqlashdi

Olimlar Yaqin Sharq respirator sindromi koronavirusini yengishning usulini topishganini iddao qilmoqda. Ushbu yangilikning tafsilotlari The Journal of Biological Chemistry nashrida e'lon qilindi.

Aniqlanishicha, MERS virusining bo‘linishi va ko‘payishi uchun javob beradigan ferment boshqa koronaviruslarnikidan sezilarli darajada farqlanadi. Taxminlarga ko‘ra, aynan shu jihat virusning zaif tomonidir.
Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, ular ferment faolligini kesuvchi molekulani topishgan. Shu molekulaning o‘zi kam konsentratsiyada bo‘lsa, aksincha, virusning ko‘payishini yanada jadallashtirar ekan.

Olimlar bu boradagi tadqiqotlarini davom ettirib, yaqin orada virusning davosini topishga umid qilmoqda.