Jahon | 07:05 / 24.06.2015
1303
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada 15 kishi qariyalar uyidagi yong‘in qurboni bo‘ldi

Meksikaning shimolida joylashgan Mexikali shahridagi qariyalar uyida chiqqan yong‘in oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Mexikali shahri meri Xayme Dias Ochoaning aytishicha, yana 5 nafar kishi turli kuyish jarohatlari bilan og‘ir ahvolda qolmoqda. 23 nafar kishi shahar boshpanasiga joylashtirilgan.

Mahalliy OAVlarning ma'lumotlariga ko‘ra, qariyalar uyida asosan sobiq boshpanasizlar saqlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish