Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 10:28 / 28.06.2015
3849
1 daqiqa o‘qiladi
Blatter FIFA homiylariga bosimning kamayishi umidida iste'foga chiqqanini ma'lum qildi
FIFA prezidenti Yozef Blatter o‘z lavozimini tashkilot hamda uning homiylariga bosimning kamayishi umidida tark etganini ma'lum qildi. Blatter bu haqda Walliser Bote nashriga bergan intervyusida aytdi.
“Bu FIFA, uning xodimlari va homiylariga bosimni kamaytirishning yagona yo‘li edi. Men buni FIFAni olov ichida qolishidan saqlash uchun amalga oshirdim”, deb aytdi Blatter.