Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyadagi zavodga hujum uyushtirgan shaxs qotilligiga iqror bo‘ldi
26 iyun kuni Fransiyaning Lion shahri yaqinidagi kimyoviy zavodga hujum uyushtirgani uchun qo‘lga olingan Yyessim Sali o‘z aybini tan olgan. Bu haqda BFM TV xabar berdi.
U o‘z iqrorida qurbonining boshini kesib olishdan oldin uni o‘ldirganini ma'lum qilgan.
"U bu ishni ongli ravishda amalga oshirganini bildirdi", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 26 iyun kuni Sen-Kentan-Falave shahridagi zavodga noma'lum shaxs hujum uyushtirib, benzin baklarini portlatib yubordi. Voqea joyida tanadan judo qilingan bosh topilgan. Bosh arabcha xatlar tushirilgan matoga o‘ralgan edi.