Texnologiya | 14:07 / 28.06.2015
2727
1 daqiqa o‘qiladi

Uber Istanbulda suv taksilari xizmatini joriy qiladi

Uber onlayn xizmati Istanbulda ish boshlaganiga 1 yil to‘lishi munosabati bilan bu shaharda UberBOAT nomli dasturni ishga tushiradi. Bu xizmat orqali qayiqlarni taksi sifatida chaqirish mumkin bo‘ladi.

Kompaniyaning internetdagi blogida yozilishicha, bu xizmat Navette kompaniyasi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yiladi.

Ma'lum qilinishicha, bunday qayiqlarda 6-8 kishini tashish imkoniyati mavjud bo‘lib, bunday xizmatlar masofaga ko‘ra 50 liradan 435 liragacha haq to‘lanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish