Texnologiya | 13:52 / 28.06.2015
3686
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada ikkita robotning nikoh marosimi o‘tkazildi

Yaponiyada dunyo tarixida ilk marta robotlar rasman nikohda o‘tishdi. Bu haqda Demotix portali xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Froys ismli "robot yigit" Yukirin ismi "robot qiz"ga "uylandi". Marosimda bu robotlarni yaratgan olim Mayava Denki kelin tomondan vakil sifatida qatnashgan.

Ushbu to‘y marosimi Tokioning eng gavjum tumanlaridan birida o‘tkazilgan va unda shahar aholisi hamda boshqa ko‘plab robotlar mehmon sifatida ishtirok etishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish