Jahon | 10:29 / 03.07.2015
4392
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyadagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi

3 iyul kuni Janubiy Koreyaning janubi-sharqidagi Ulsan shahri hududidagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi.

Renhap agentligi ma'lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi bedarak ketgan, deb hisoblanmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, portlash zaharli moddalar saqlanadigan bo‘limda yuz bergan. Ushbu zavod Hanwha Chemical Co korporatsiyasiga tegishli ekani aytilmoqda.

Ayni vaqtda voqea hududida qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar ish olib borishmoqda.
Zaharli moddalarning atrofga tarqalish ehtimoli haqida hech narsa deyilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish