O‘zbekiston | 12:07 / 03.07.2015
3436
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand-Toshkent yo‘nalishida «Afrosiyob» poyezdi bir soat kechroq yo‘lga chiqadi

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ yo‘lovchilardan tushgan ko‘p sonli iltimoslarni inobatga olgan holda 761-reys bilan harakatlanuvchi yuqori qulaylikdagi «Afrosiyob» tezyurar poyezdining harakatlari jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilgan. «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot ma'lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Samarqand—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi «Afrosiyob» poyezdining 761-reysi Samarqanddan yo‘lga chiqish vaqtini bir soatga kechiktirgan. 2015 yil 6 iyuldan boshlab poyezd 18:00 da Samarqanddan yo‘lga chiqadi va 20:10 da Toshkentga yetib keladi.

Ushbu o‘zgarish sayyoh va mehmonlar uchun Samarqandda bir soat ko‘proq bo‘lish imkonini beradi.


Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish