O‘zbekiston | 16:24 / 06.07.2015
8416
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ko‘ngilochar zona ichida MDHda tengi yo‘q kartodrom quriladi

Labzak va Zulfiyaxonim ko‘chalari o‘rtasidagi hududda 2014 yildan buyon “Anhor-Lokomotiv” dam olish va attraksionlar parki zonasi qurilmoqda.
Qurilish uchun ajratilgan uchastkada 320 o‘rinli restoran yaratish rejalashtirilgan. Shu yerning o‘zida 12 ming kv m hududga ega ulkan kartodrom quriladi. U kattaligi bo‘yicha MDHda yagona kompleks bo‘ladi.

Yozgi kinoteatrda bayramona konsertlar va tadbirlar o‘tkaziladi. 1 810 kv m hududni egallaydigan suv omborida qayiqlarda sayr qilish, suv inshootinin kesib o‘tadigan ko‘prik ustida sayr qilish mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, hordiq chiqarish zonasida rang-barang favvoralar, bolalar restorani, attriatsionlar, avtodrom va boshqa narsalar qad ko‘taradi.

U yerda, shuningdek, O‘zbekiston shaharlaridagi yetti tarixiy obidaning kichik maketlarini yaratish ko‘zda tutilmoqda. Bular teleminora, kurantlar, Temuriylar muzeyi, Xivadagi Kaltaminor, Samarqanddagi Sherdor yodgorliklari, Andijondagi Bobur yodgorlik majmuasi, Buxorodagi Minorai Kalon obidasidir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish