Jahon | 17:55 / 10.07.2015
1884
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Valeriy Chaliyni Ukrainaning AQShdagi elchisi etib tayinladi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘z ma'muriyati boshlig‘ining o‘rinbosari Valeriy Chaliyni AQShga elchi sifatida tayinladi. Bu haqda Ukraina prezidenti saytida ma'lum qilingan.

"Prezident Valeriy Chaliyni Ukrainaning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinladi. Bu haqdagi prezident farmoni 10 iyul kuni imzolandi", deyiladi xabarda.

Poroshenko yana bir farmon orqali Chaliyni shu vaqtgacha bajarib turgan vazifasidan ozod etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish