Jamiyat | 23:31 / 10.07.2015
5279
1 daqiqa o‘qiladi

Udmurtiyada qo‘ylar podasi hibsga olindi

Udmurtiya vakiliga tegishli qo‘ylar podasi uning qarzdorligi tufayli hibsga olindi. Bu haqda Sud ijrochilari federal xizmati boshqarmasi matbuot xizmati saytida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, erkakning 1,5 mln rubllik qarzi bo‘lgan.

“Qarzdorning mulkdorlik holati tekshirilishi paytida sud pristavi qarzdorga tegishli qo‘ylar podasini hibsga olishga ruxsat berdi. Endi 51 ta qo‘ydan tashkil topgan poda qarzdorga saqlash uchun berildi”, deyilmoqda xabarda.

Agar qarzdor o‘z qarzini 10 kun ichida to‘lamasa, qo‘ylar Rosimushestvoning hududiy boshqarmasida sotuvga qo‘yiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish