Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"IShID" Iroq Harbiy-Havo kuchlari akademiyasi talabalari qatli tasvirlangan videolavhani chop etdi
"IShID" jangarilari Iroq Harbiy-Havo kuchlari akademiyasining asirga olingan talabalari qatl etilgani tasvirlangan videolavhani internetga joylashtirdi.
"22 daqiqalik videoyozuvda Tikrit shahriga qilingan hujumda asirlikka olingan yuzlab yosh yigitlarning qatl etilshi tasvirlangan", deyiladi IANS agentligi xabarida.
Ma'lum bo‘lishicha, bu tasvir 2014 yilning 12 iyun sanasida Iroqning Tikrit shahriga qilingan hujum vaqtida jangarilar tomonidan asir olingan 1560 nafar talabalar orasidan shia mazhabiga mansub bo‘lganlarining qatl etilishi bilan bog‘liq.
Videolavhada ekskavatorlar tomonidan handaq qazilishi va handaq oldida Iroq Harbiy-havo kuchlari akademiyasi talabalarining saf qilinib, otib tashlanishi ko‘rsatilgan. Asirlarning qanchasi o‘ldirilganini aniqlab bo‘lmagan.