Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 07:12 / 14.07.2015
11686
1 daqiqa o‘qiladi
AQShlik rep ijrochi 50 Cent kasodga uchradi
AQShlik taniqli rep musiqa ijrochisi 50 Cent laqabi bilan tanilgan Kertis Jyeyms Jyekson Uchinchi o‘zining kasodga uchragani sababli kreditorlardan himoya qilinishi haqida sudga ariza berdi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.
Naxtford sudiga berilgan hujjatlardagi ma'lumotlarga ko‘ra, musiqachining aktivlari va qarzlari 10 mln dan 50 mln dollargacha baholanmoqda.
Arizada nomi keltirilgan advokat ushbu ma'lumotga izoh bermadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish