Sport | 11:54 / 17.07.2015
5165
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik paralimpiya sportchisi suzish bo‘yicha Osiyo rekordini o‘rnatdi

Xalqaro Paralimpiya Qo‘mitasi va Suzish Xalqaro Federatsiyasi patronaji ostida Buyuk Britaniyaning Glazgo shahrida joriy yilning 13-19 iyul kunlari bo‘lib o‘tayotgan suzish bo‘yicha Jahon Chempionatida o‘zbekistonlik sportchi Dmitriy Xorlin 400 m. erkin suzishda bronza medalni qo‘lga kiritdi va yangi Osiyo rekordini o‘rnatdi (4:09,36).

Yana bir sportchimiz, 2012 yilning London Paralimpiya O‘yinlari ishtirokchisi, Kiril Pankov yangi Osiyo rekordlarini (erkin va chalqamchi suzish) o‘rnatdi va dunyoning kuchli suzuvchilari sakkiztaligidan joy oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish