Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:34 / 19.07.2015
4074
1 daqiqa o‘qiladi
Ozarbayjon Armaniston tinchlik rejimini buzganligini ma'lum qildi
Ozarbayjon mudofaa vazirligining saytida joylashtirilgan xabarnomaga ko‘ra, Armaniston 24 soat davomida o‘t ochmaslik rejimini 95 marta buzdi.
Aytilishicha, Armaniston Ozarbayjon jabhalarini 60 mm li granatomyotlardan o‘qqa tutgan.
Xabarnomadan ma'lum bo‘lishicha, Armanistonning xatti-harakatlariga tegishlicha javob berilgan va u tomondan o‘q uzilishi to‘xtatilgan.