Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 15:57 / 21.07.2015
1825
1 daqiqa o‘qiladi
IBM daromadlari 13 chorakdan buyon tushmoqda
IBM kompaniyasining daromadlari 13 chorakdan buyon tushmoqda. Bu haqda kompaniyaning moliyaviy hisobotlariga tayangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Kompaniyaning umumiy daromadi 2014 yildagi 24.05 mlrd dollardan 20.81 mlrd dollarga tushdi. Tahlilchilar daromadning 20.95 mlrd dollarga teng bo‘lishini bashorat qilishgan edi. Sof foyda 4.14 mlrd dollardan 3.45 mlrd dollarga tushib ketdi.
Birjada uning qimmatbaho qog‘ozlari 5 foiz narx tashladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish