Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:08 / 22.07.2015
2860
1 daqiqa o‘qiladi
Indoneziyada vulqon tufayli yopilgan aeroport faoliyati qayta tiklandi
Indoneziya transport vazirligi Bali orolida joylashgan xalqaro aeroport faoliyatini qayta tiklashiga ruxsat berdi. Bu haqda TASS tashkilot ma'lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
«Shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va Ruang vulqoni kullari ham g‘arbiy yo‘nalishga qarab harakatlana boshladi», deyiladi tashkilot xabarida.
Shu bilan bir qatorda mamlakat hukumati Sharqiy Yava hududida joylashgan Banyuvangi va Jyembera aeroportlari faoliyatini to‘xtatib turishni zarurati borligini bildirmoqda. Ruang vulqonidan chiqqan kul 3 ming metr balandlikkacha ko‘tarilib, havoning keskin ifloslanishiga sabab bo‘lgan va natijada 9-12 iyuldagi 900dan oshiq reyslar bekor qilingandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish