Jahon | 17:46 / 23.07.2015
3447
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyada jazirama tufayli ish kuni boshlanishi ertalabki soat 05:00ga ko‘chirildi

Shimoliy Koreya hukumati issiq harorat tufayli ish kuni boshlanishi vaqti tonggi soat 05:00ga ko‘chirildi. Bu haqda Daily NK nashri mahalliy manbalarga asoslanib, xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, ushbu qaror davlat muassasalari bilan birgalikda zavodlar hamda maktablar uchun ham tegishli hisoblanadi.

Ayni vaqda davlat xizmatchilari ishni soat 05:00da boshlab, tushki soat 13:00da tugallashi kerakligi belgilab qo‘yilgan.

Nashrda ma'lum qilinishicha, bu yangi tartib tufayli maktablarda davomat bo‘yicha ko‘rsatkichlar juda yomonlashib ketgan. Shuningdek, aholi ham davlat ishxonalarining bu qadar erta yopilishidan norozi bo‘lmoqda.

Biroz oldinroq, mamlakat rahbari Kim Chen In tomonidan Pxenyandagi barcha davlat muassasalarida alohida yozgi ish jadvaliga o‘tish haqida qaror chiqarilgandi.

Manbada yozilishicha, yozgi jadval ishlab chiqarish samaradorligini yaxshilaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish