Sport | 23:43 / 26.07.2015
1791
1 daqiqa o‘qiladi

Abduraimova Boku turniri saralashini g‘alaba bilan boshladi

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida start olgan Baku Cup tennis turnirining saralash bahslarida ishtirok etyapti. Turnirning mukofot jamg‘armasi 250 ming AQSh dollarini tashkil qiladi.
Saralash musobaqasining 6-raketkasi sifatida qayd etilgan hamyurtimiz ilk davrada rossiyalik Kseniya Likinaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 16 daqiqa davom etgan uchrashuvda vakilamiz 6:3, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi. Endi Nigina asosiy to‘r musobaqasiga chiqishi uchun italiyalik Nastasya Barnettni mag‘lub etishi talab etiladi.

Manba: olamsport.com

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish