Sport | 14:42 / 29.07.2015
1893
1 daqiqa o‘qiladi

Muntari "Al-Ittihod"da yiliga 7 mln yevro maosh oladi

Biroz oldinroq, Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" jamoasiga o‘tgan Salli Muntarining maoshi miqdori ma'lum qilindi.

Ushbu 30 yoshli ganalik yarim himoyachiga saudiyaliklar yiliga 7 mln yevrodan iborat maosh tayinlashgan.

Shuningdek, "Milan" ushbu futbolchi bilan shartnomani bir tomonlama buzgani uchun 2 mln yevro miqdoridagi tovon puli to‘lagan.

Ma'lumot uchun, Muntari oxirgi 4 mavsumda Italiyaning "Milan" jamoasida harakat qildi. Oxirgi mavsumda u 16ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan. U yangi jamoasi bilan 2 yillik shartnoma imzolagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish