Jahon | 12:11 / 29.07.2015
2498
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Kobul xavfsizlik masalalarida hamkorlik qiladi

Afg‘oniston Islom respublikasining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Xanif Atmar O‘zbekistonga 3 kunlik rasmiy tashrif uyushtirdi.

Uning matbuot xizmati boshlig‘i Tavof Guzangning aytishicha, O‘zbekiston va Afg‘oniston tomonlari o‘zaro davlat chegaralari xavfsizligini ta'minlash borasida hamkorlik qilish xususida muhokama o‘tkazishgan.

"Uchrashuvda ko‘rib chiqilgan asosiy masala o‘zaro chegaralarning xavfsizligini ta'minlash masalasi bo‘ldi. Afg‘oniston boshqa O‘rta Osiyo mamlakatlari kabi O‘zbekiston bilan ham chegaradosh. Tomonlar o‘zaro chegaralarni mustahkamlashda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishishdi", deydi Guzang.

Alohida ta'kidlanishicha, O‘zbekiston tomoni Afg‘onistonga mamlakat shimolida faoliyatini kengaytirayotgan "O‘zbekiston islom harakati" jangarilariga qarshi kurashda ko‘mak beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish