Jahon | 05:30 / 02.08.2015
10082
1 daqiqa o‘qiladi
Marsda sayyora yuzasiga soya tashlayotgan noma'lum uchar jism aniqlandi
NASA Curiosity marsoxodi qizil sayyora – Mars ustidan uchayotgan sharni qayd qildi.
Olimlar surat iyul oxirida Marsdagi Sharp tog‘i yonida olinganini ta'kidlamoqdalar. E'tiborlisi, uchayotgan noma'lum jism Mars yuzasiga soya tashlamoqda. AQShlik mutaxassislar ularga hozircha ushbu sharning kelib chiqish tabiati tushunarsiz ekanligini tan oldilar. Ufologlar ushbu suratlarni ko‘rgach, NASA xodimlarini odamlardan o‘zga sayyoraliklar sivilizatsiyasi borligini yashirishga urinayotganlikda aybladilar. Ularning fikricha, uchar obekt Yerdan Marsga yuborilgan turli qurilmalarning faoliyatini kuzatmoqda.