Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:02 / 02.08.2015
4354
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiyada politsiya mahkamasi yonida 2 tonna portlovchi modda portlatildi
Turkiyaning Ag‘ri viloyatida politsiya mahkamasi yonida yuz bergan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 24 kishi jarohat oldi. Bu haqda 2 avgust kuni Trend nashri xabar berdi.
Hujum mahalliy vaqt bilan 03:00 da sodir etilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, ikki tonna portlovchi modda bilan to‘ldirilgan traktor portlatib yuborilgan.
Avvalroq Anadolu agentligi Turkiyaning Diyorbakir shahrida yetakchi Adolat va taraqqiyot partiyasi idorasi yonida shovqin granatasi portlatilganini ma'lum qilgandi. Bu hujum oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish