Sport | 08:48 / 04.08.2015
1732
2 daqiqa o‘qiladi

Benites: “Real”ning maqsadi barcha ishtirok etadigan musobaqalarida g‘alaba qozonishdan iborat

“Real”ning yangi bosh murabbiyi Rafael Benites Myunxenda bo‘lib o‘tadigan mavsumoldi Audi Cup musobaqasi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va “Bavariya” tarbiyalanuvchisi Toni Kross shak-shubhasiz “Alyants Arena” maydoniga tushishini ma'lum qildi.

Bugun, 4 avgustda madridliklar musobaqaning yarimfinalida Londonning “Tottenxem” klubi bilan bellashadi. Ikkinchi yarimfinalda esa “Bavariya” va “Milan” o‘zaro to‘qnashadi. Musobaqaning 1 va 3-o‘rinlari uchun o‘yinlar 5 avgustda bo‘lib o‘tadi.

”Real” uchun o‘zi ishtirok etadigan barcha musobaqalarda g‘alaba qozonish muhim hisoblanadi. Bu oson ish emas, biroq biz o‘z oldimizga shu vazifani qo‘yamiz.

Toni Kroos borasida aytadigan bo‘lsak, u albatta musobaqada ishtirok etadi”, deb Benitesning aytgan so‘zlari “Bavariya”ning rasmiy saytida keltirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish