Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Airbus va Boeing kompaniyalari MAKS-2015 aviatsiya salonida ishtirok etadi
Aviasozlik sanoatining gigantlari Airbus va Boeing kompaniyalari 2015 yilgi Xalqaro aviatsiya-koinot salonida (MAKS) ishtirok etadilar. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Gleb Nikitin ma'lum qildi.
Hammasi bo‘lib salonda 30 ta davlatdan 156 ta kompaniya ishtirok etadi.
MAKS-2015 Xalqaro aviatsiya-koinot saloni 25-30 avgust kunlari Moskva viloyatidagi Jukovskiy shahrida o‘tkaziladi. Aviasalonning asosiy maqsadi Rossiyadagi yuqori texnologiyalar va Rossiya bozorining xorijiy hamkorlar bilan birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish uchun ochiqligini namoyish qilishdan iborat.