Jahon | 07:35 / 05.08.2015
2560
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda poyezd izidan chiqib ketib, 5ta vagoni daryoga quladi

Hindistonda poyezd o‘z izidan chiqib ketdi va poyezdning 5ta vagoni daryoga qulab tushdi. Bu haqda NDTV xabar bergan.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, bu hodisa Mumbaydan Varansiga ketayotgan poyezd Madxya-Pradesh shtati hududiga yetganida ro‘y bergan.

Mahalliy aholi daryodan 4 kishining jasadini chiqarib olgan. Bundan tashqari 60 nafarga yaqin kishi qutqarilgan.

Ma'lum qilinishicha, poyezd vagonlarining har biri 72 nafar kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, daryoda yana 300 nafar atrofidagi kishi qolayotgan bo‘lishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish