Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Osetiya va Gruziya chegarasi 2 kunga yopib qo‘yiladi
Janubiy Osetiya xavfsizlik qo‘mitasi 2008 yilda bo‘lib o‘tgan urushga 7 yil to‘ladigan kunlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida Gruziya bilan chegarasini 2 kunga yopadi. Bu haqda qo‘mitaning feysbukdagi sahifasida ma'lum qilingan.
"Gruziyaga qarshi 2008 yilda bo‘lib o‘tgan urushga 7 yil to‘lgani munosabati bilan o‘tkaziladigan xotirlash marosimlari vaqtida xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida 7 va 8 avgust kunlarida Gruziya bilan chegaralar yopiq turadi va odamlarning bir davlatdan ikkinchi davlatga o‘tishlariga yo‘l qo‘yilmaydi", deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, 9 avgust kunidan boshlab chegaradan o‘tkazish odatiy rejimda davom etadi.