Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada iyulda yengil avtomobillar savdosi 27,5 foizga kamayib ketdi
Rossiyada 2015 yil iyulida yengil va yengil tijoriy avtomobillar savdosi 27,5 foizga, ya'ni 131,087 ming dona mashinagacha tushib ketdi. Bu haqda Yevropa biznesi uyushmasi bergan xabarda ma'lum qilindi. Yanvar-iyul oyida pasayish 35,3 foizni, ya'ni 913,181 ming mashinani tashkil qilgan edi.
Iyul oyi yakunlariga ko‘ra, Rossiyada eng ko‘p sotilayotgan avtomobillar orasida Lada 1-o‘rinni egallamoqda (25 foizga kamaygan, 20,94 ming mashina sotilgan). 2-o‘rinni Kia (-13%, 13,346 ming dona), 3-o‘rinni Hyundai (-15%, 12,251 ming dona), 4-o‘rinni Renault (-35%, 9,9 ming dona), 5-o‘rinni esa Toyota (-28%, 9,6 ming dona) egallamoqda.
Iyul oyi yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p sotilayotgan modellar orasida 1-o‘rinni Hyundai Solaris (+5%, 10,25 ming dona), 2-o‘rinni KIA New Rio (+33,5%, 9,1 ming dona), 3-o‘rinni Lada Granta (-23%, 9,1 ming dona), 4-o‘rinni VW Polo (-16%, 3,685 ming dona), 5-o‘rinni Renault Logan (-35%, 3,0 ming dona) egallamoqda.