Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:59 / 18.08.2015
1716
1 daqiqa o‘qiladi
Indoneziyadagi samolyot halokati joyida 38 jasad aniqlandi
Qutqaruvchilar Indoneziyada Trigana aviakompaniyasiga tegishli ATR 42-300 samolyoti halokatga uchragan joyda 38 jasadni aniqladi, deya xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
“Hodisa joyida 37 katta yoshli va bir go‘dak jasadi aniqlandi”, deya ma'lum qildi Indoneziya transport vazirligi vakili.
Uning ta'kidlashicha, noqulay ob-havo tufayli hayotdan ko‘z yumganlarning jasadlarini evakuatsiya qilish imkon bo‘lmagan.
Bundan avvalroq esa qutqaruvchilarning Indoneziyada samolyot halokatga uchragan hududga yetib borgani ma'lum qilingan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish