Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:56 / 20.08.2015
3602
1 daqiqa o‘qiladi
Slovakiya osmonida ikki samolyot to‘qnashib ketdi
Slovakiya osmoni ikki samolyotga torlik qildi: yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Taxminiy ma'lumotlarga qaraganda, aviahalokat natijasida yetti kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Slovak TA3 telekanalining ma'lum qilishicha, mamlakat g‘arbida ikkita sport samolyoti to‘qnashib ketgan. Ular bortida qancha odam bo‘lgani hozircha aniq emas.
Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.