Jahon | 11:44 / 22.08.2015
2462
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiya bosh vaziri Amsterdam-Parij yo‘lidagi voqeani terakt sifatida baholadi

Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel o‘z tvitteri orqali 21 avgust kuni Amsterdamdan Parij shahriga ketayotgan tezyurar poyezdda otishma sodir etilishiga munosabat bildirdi va jarohatlangan 3 kishiga o‘z hamdardligini izhor qildi.

"Men bu hodisani terakt deb atayman va jarohatlanganlarga sog‘ayib ketishlarini tilayman", deb yozadi siyosatchi.

Eslatib o‘tamiz, Amsterdam-Parij yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdda kelib chiqqan bu otishma natijasida 3 nafar yo‘lovchi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Fransiya IIV rahbari Bernar Kaznev poyezdda o‘q uzgan jinoyatchini qo‘lga olgan ikki amerikalikka minnatdorchilik bildirgan.

Frantsuz OAVlari otishma sodir etgan shaxs marokashlikligini aytishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish