Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:20 / 23.08.2015
2521
1 daqiqa o‘qiladi
Gruziyada 9 mamlakatga mansub sayyohlar mingan mikroavtobus YTHga uchradi
Gruziyada Zugzdidi — Jvari trassasida harakatlanayotgan Mercedes-Benz rusumli mikroavtobus yog‘och ustunga to‘qnashib ketdi va undagi 15 nafar yo‘lovchi sayyoh jarohatlandi. Bu haqda «Interfaks» xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, yo‘lovchilar 9 xil davlatga mansub fuqarolardir. Ulardan 4 nafari shifoxonaga olib borilgan.
Gruziya IIV hodisa sabablarini o‘rganmoqda. Sayyohlarning aynan qaysi davlatlarga mansubligiga hozircha aniqlik kiritilmagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish