Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:34 / 23.08.2015
6076
1 daqiqa o‘qiladi
Odessada it o‘z egasini otib qo‘ydi
Ukrainaning Odessa viloyati Artsiz tumanida ovchi it tasodifan o‘z egasini miltiqdan jarohatlab qo‘ydi, deb xabar bermoqda Interfaks axborot agentligi.
Itning 38 yoshli egasi ovdan keyin avtomobilga o‘tirayotganda miltig‘ini yoniga qo‘yib qo‘ygan. Bu lahzada uning iti mashina saloniga sakrab kirgan va oyog‘i bilan miltiqning tepkisini bosib yuborgan. Buning oqibatida miltiq otilib ketgan va erkakning o‘ng yelkasini shikastlagan.
Voqea baxtsiz hodisa deb tasniflangan. Tergov olib borilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish