Jahon | 18:28 / 25.08.2015
3968
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada Toyota Camry haydovchisi bosh vazir o‘rinbosarining ukasini do‘pposladi

Moskvada shaxsi aniqlanmagan haydovchi bosh vazir o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovichning ukasini do‘pposlab ketdi. Bu haqda u Facebook’dagi sahifasida yozuv qoldirdi.
“Dushanba kuni ertalab Tver xiyobonida mening yo‘limni R865RR77 davlat raqamiga ega Toyota Camry to‘sib qo‘ydi”, - deyiladi xabarda.

Dvorkovich qoidabuzarning mashinasiga yaqinlashib, uni tartibga chaqirishga harakat qilganida, u mashinadan tushmay raqibining yuziga ikki marta musht tushirgan.
Jabrlanuvchi aeroportga shoshilayotgani bois politsiyaga murojaat qilmaganini aytib, moskvalik haydovchilarga raqami keltirilgan mashinadan uzoqroq yurishni tavsiya qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish