Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 15:57 / 25.08.2015
6151
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya iqtisodiyot vaziri rubl qachon barqarorlashishini aytdi
Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukayev rubl faqatgina neft narxi yangi muvozanat topganidan so‘ng barqarorlashishini ma'lum qildi.
“Bozorlarda neft narxlarining yangi muvozanati topilishi bilan kurs o‘zgaruvchanligi to‘xtaydi. Bu qachon bo‘lishini esa hech kim bilmaydi”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Shunga qaramay, Ulyukayev neft narxlari bir necha oydan so‘ng barqarorlashishini taxmin qildi.