Fan-texnika | 08:09 / 29.08.2015
7684
1 daqiqa o‘qiladi
Shveytsariyaliklar avtomobilda soatiga 200 km tezlik bilan avariyaga uchrash oqibatlarini namoyish qilishdi
Shveytsariyaning Dynamic Test Center AG (DTC) tashkiloti soatiga 200 km tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobil avariyaga uchraganda u bilan nima sodir bo‘lishini namoyish qiluvchi krash-testlar seriyasini o‘tkazdi. Sinovlar aks etgan videorolik YouTube portalida joylashtirildi.
Avtomobillarni tog‘dan pastga harakatlantirib, joyida turgan mashinalar bilan to‘qnashtirishdi. Sinovlarda manekenlardan foydalanilmadi, chunki ulardan maqsad transport vositasining katta tezliklarda avariyaga uchrashi oqibatida uning kuzovining deformatsiyalanish darajasini ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.