Jahon | 02:09 / 30.08.2015
2357
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Afrikada jamoat transporti ishtirokidagi avtohalokatlarda 47 kishi halok bo‘ldi

29 avgustda Janubiy Afrika Respublikasining Sharqiy Keyp viloyatida jamoat transporti ishtirokidagi avtohalokatlarda halok bo‘lganlar soni 47 kishiga yetdi.
Mamlakat yo‘l harakatini boshqarish korporatsiyasi vakili Simon Zvaneni ma'lum qilishicha, yana 9 kishi jarohat olgan.
Uning aytishicha, birinchi YTHda yo‘nalish avtobusi yo‘ldan chikib ketib, to‘ntarilib ketishi oqibatida 35 kishi, jumladan 4 nafar yosh bola halok bo‘ldi.
Ikkinchi YTHda yo‘nalish taksisi ag‘darib ketishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, yana 5 kishi jarohat oldi. Ular hozirda shifoxonaga olib ketilgan.
Politsiya avtohalokatlarning sabablarini o‘rnatish maqsadida tergov olib bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish