Jahon | 05:39 / 02.09.2015
7749
2 daqiqa o‘qiladi

Eronda AQShni yana “Katta shayton” deb atashdi

Eronning nufuzli harbiy tashkiloti – Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rahbari general Muhammad Ali Jafariy AQSh uning davlatida hali ham “Katta shayton” sifatida qabul qilinishini aytdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

“AQShning Eron millatiga nisbatan dushmanligi kamaymadi, balki ko‘paydi”, deb aytdi Jafariy. Jafariyning aytishicha, shunga qaramay Tehron Vashington tomonidan hujum qilinishidan qo‘rqmaydi. Jafariyning bu so‘zlari Tehron politsiyasi rahbari Husayn Sojiddin davlat bayroqlari va “shayton ramzlari” suratlari bo‘lgan buyumlarni sotayotganlar qo‘lga olingani haqidagi xabaridan keyin chop etildi. Ma'lum qilinishicha, politsiyachilar AQSh, Buyuk Britaniya va Isroilda ishlab chiqarilgan buyumlarni sotuvchi do‘konlarda reyd o‘tkazgan.

Birinchi bo‘lib AQShga nisbatan “Katta shayton” iborasini 1979 yil 5 noyabrda Eronning birinchi oliy yetakchisi Oyatullloh Humayniy qo‘llagan. Humayniy o‘shanda Sobiq itifoqni “eng kichik shayton”, Isroilni esa “kichik shayton” deb atagan edi.