Eronning nufuzli harbiy taşkiloti – Islom inqilobi qöriqçilari korpusi rahbari general Muhammad Ali Jafariy AQŞ uning davlatida hali ham “Katta şayton” sifatida qabul qilinişini aytdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

“AQŞning Eron millatiga nisbatan duşmanligi kamaymadi, balki köpaydi”, deb aytdi Jafariy. Jafariyning aytişiça, şunga qaramay Tehron Vaşington tomonidan hujum qilinişidan qörqmaydi. Jafariyning bu sözlari Tehron politsiyasi rahbari Husayn Sojiddin davlat bayroqlari va “şayton ramzlari” suratlari bölgan buyumlarni sotayotganlar qölga olingani haqidagi xabaridan keyin çop etildi. Ma'lum qilinişiça, politsiyaçilar AQŞ, Buyuk Britaniya va Isroilda işlab çiqarilgan buyumlarni sotuvçi dökonlarda reyd ötkazgan.

Birinçi bölib AQŞga nisbatan “Katta şayton” iborasini 1979 yil 5 noyabrda Eronning birinçi oliy yetakçisi Oyatullloh Humayniy qöllagan. Humayniy öşanda Sobiq itifoqni “eng kiçik şayton”, Isroilni esa “kiçik şayton” deb atagan edi.