Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaga qarshi sanksiyalar YeIning o‘ziga 100 mlrd yevro zarar keltiradi
Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalar oqibatida YeI davlatlari 100 mlrd yevro zarar ko‘radi, shuningdek, ushbu davlatlarda 2 mln kishi ishsiz qoladi. Bu Avstriya iqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislarining bashoratidir.
Rossiyaning YeIdagi doimiy vakili Vladimir Chijov ushbu tadqiqot natijalariga tayangan holda oradagi iqtisodiy munosabatlarning zaiflashishidan afsusda ekanligini bildirdi.
“Rossiya va YeI orasidagi iqtisodiy hamkorlik muhim “xavfsizlik yostig‘i” bo‘lib qolmoqda, biz bunga ko‘p vaqt va mablag‘ sarfladik. U nafaqat ish o‘rinlarini ta'minlab beradi, balki mamlakatlarimizni siyosiy beqarorlikdan asraydi.
Bu yostiqcha zaiflashtirilishi emas, kuchaytirilishi lozim. Avstriya iqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislarining hisob-kitoblariga qaraganda, sanksiyalar oqibatida YeI davlatlari 100 mlrd yevro zarar ko‘radi, shuningdek, ushbu davlatlarda 2 mln kishi ishsiz qoladi”, - dedi u Alplarda bo‘lib o‘tgan Yevropa forumidagi chiqishi chog‘ida.