O‘zbekiston | 19:03 / 02.09.2015
2793
1 daqiqa o‘qiladi

Termizda 10 mlrd so‘m mablag‘ asosida savdo majmuasi barpo etildi

Termiz shahrida ish boshlagan yangi savdo majmuasi 300 o‘rinli o‘n bitta savdo paviloni va ikkita qahvaxonadan iborat. Bu haqda UzA xabar bergan.

Xabar qilinishicha, ushbu majmuaning qurilishiga 10 milliard 650 million so‘m mablag‘ sarflangan.

2015-2017 yillarda Surxondaryo viloyatining yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq viloyatda 36 savdo, xizmat ko‘rsatish va servis inshooti, 26 bozor barpo etilib, mavjudlari rekonstruksiya qilinmoqda.