US Open-2015 tarixida ayollar uchrashuvi davomiyligi bo‘yicha rekord o‘rnatildi
AQShlik tennischi Medison Brengl va xitoylik Saysay Chjen tennis bo‘yicha AQSh ochiq chempionati tarixidagi eng uzoq davom etgan ayollar o‘rtasidagi uchrashuvni o‘tkazdilar.
2 sentabrga o‘tar kechasi tennischilar uch setli uchrashuv o‘tkazishdi, uchrashuv 6:2, 5:7, 7:5 hisobida Brengl foydasiga hal bo‘ldi. Uchrashuv 3 soat 20 daqiqa davom etdi.
Bir necha soat o‘tib rossiyalik tennischi Aleksandra Panova va ruminiyalik tennischi Monika Nikulesu musobaqa tarixida davomiyligi bo‘yicha 2-raqamli uchrashuvni o‘tkazdilar. Panova 3 soat 18 daqiqa ichida 6:7, 7:5, 3:6 hisobida uchrashuvni boy berdi.
Bu uchrashuvlargacha US Open musobaqasida ayollar o‘rtasida eng uzoq davom etgan uchrashuv 2011 yilda rossiyalik Nadejda Petrova va avstraliyalik Samanta Stosur o‘rtasida bo‘lib o‘tgan va 3 soat 17 daqiqa davom etgan.
US Open “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi mavsumdagi eng oxirgi musobaqa bo‘lib, 13 sentabr kuni yakunlanadi. Joriy yilda musobaqaning yutuqlar fondi 42,2 mln dollarni tashkil qilmoqda.