Jahon | 20:50 / 05.09.2015
2836
1 daqiqa o‘qiladi

G20 moliya vazirlari uchun investitsiyalarni rag‘batlantirish ustuvor vazifa ekanligi belgilandi

Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan G20 moliya vazirlari uchrashuvida investitsiyalarni rag‘batlantirish G20 moliya vazirlari va markaziy banklari rahbarlari uchun ustuvor vazifa ekanligi belgilandi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

Bu haqda kommyunike loyihasida aytildi.
“Investitsiyalarni rag‘batlantirish biz uchun eng ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu maqsadda biz har bir davlat iqtisodiyoti uchun mo‘ljallangan investitsion loyihalarni tayyorladik. Bu loyihalar o‘zidan investitsion muhitni yaxshilash uchun aniq harakatlarni aks ettiradi”, deyilmoqda hujjatda.