Sport | 22:40 / 05.09.2015
3440
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiya futbolida legionerlarga limitni kuchaytirish vazifasini yukladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin sport vaziri va Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Vitaliy Mutkoga mamlakat futbolida xorijiy futbolchilarga limitni kuchaytirish vazifasini yukladi.

“Prezident bilan gaplashganimda u futbolda arzimagan cheklovlar qilinganini, yanadayam qat'iyroq yo‘l tutish kerakligini aytdi”, deb ta'kidlamoqda Mutko.

Joriy mavsumning boshlanishidan avval sport vazirligi qarori bilan Rossiya futbol premer-ligasida legionerlarga nisbatan “6+5” limiti qabul qilindi. Unga ko‘ra bir jamoa tarkibida maydonda bir vaqtning o‘zida 6 nafardan ko‘proq xorijiy futbolchi harakatlana olmaydi.

Yangi mavsumda legionerlarga “10+15” ko‘rinishdagi limit belgilanishini taxmin qilingandi. Bunga ko‘ra har bir klub tarkibga 10 ta xorijiy futbolchini kirita olishi mumkin va shu bilan birga maydonda harakatlanadigan legionerlar soni cheklanmasligi kerak edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish