Jahon | 09:39 / 07.09.2015
2681
1 daqiqa o‘qiladi
Istanbuldagi Hurriyet gazetasi tahririyatiga toshlar orqali hujum qilindi
Turkiyaning Istambul shahrida joylashgan Hurriyet gazetasining bosh idorasiga 200 nafardan ziyod hukumat tarafdorlari bo‘lgan namoyishchilar toshlar uloqtirishdi, deyiladi ushbu nashr xabarida.
Qayd etilishicha, hukmron partiya va amaldagi prezidentni yoqlab namoyishga chiqqanlardan bir guruhi Istambulning Bagjilar tumanida joylashgan gazeta bosh idorasi darvozasi oldidagi qo‘riqchilarga hujum qilgan, shundan so‘ng binoning kirish qismidagi oynali aylanuvchi eshikka toshlar uloqtirgan.
Noma'lum shaxslar hodisa joyiga politsiya qismi yetib kelganidan so‘ng qochib ketishgan.