O‘zbekiston tovar-xom ashyo fond birjasidagi shartnomalar hajmi avgustda 787.1 mlrd so‘mni tashkil qildi
2015 yilning avgustida “O‘zRTHB” AJ savdo maydonlarida tuzilagn savdo shartnomalarining umumiy hajmi 787.1 mlrd so‘mni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichlari bilan deyarli tengdir.
Birjalarda tuzilgan shartnomalar burcha savdolarning 78 foizini tashkil qilib, 615 mln so‘mga teng bo‘ldi. Birja bozorining 49 foizini o‘z navbatida qurilish materiallari va iste'mol mollari tashkil etdi. 2014 yil avgustiga qiyoslanganda, suyultirilgan gaz savdolari 32 foizga oshdi, uning bozordagi umumiy hajmi 11 foizdan 15 foizga yetdi.
Valyuta savdo platformasida 4.2 mln dollarlik birja tovarlari realizatsiya qilindi, shu jumladan, polietilen ulushi 56 foizni, rangli metallar 43 foizni tashkil qildi. Tsement eksporti ulushi 1 foizni tashkil qildi.
Avgust oyida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokidagi savdolar hajmi bir qadar o‘sdi. Ular tomonidan 457 mlrd so‘mlik xom ashyo shu davr ichida xarid qilingan, bu o‘tgan yilga nisbatan 4 foizga ko‘proqdir.
Shu bilan birga, ular o‘zlarining 172.8 mlrd so‘mlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 foizga kattaroq ko‘rsatkichdir. O‘zRTHB matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, ularning ishtirokidagi shartnomalarning savdolarning umumiy hajmidagi ulushi 80 foizni tashkil qiladi.