Jahon | 09:27 / 07.09.2015
4143
1 daqiqa o‘qiladi
Poroshenko Donbassdagi voqealar qanday yo‘llardan rivojlanishi mumkinligini aytdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning fikricha, Donbassdagi voqealar uch xil yo‘ldan borishi mumkin. Bu haqda u milliy telekanalga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Birinchi ssenariy qurolli kuchlarning radikal hujumi, yerlarni ozod qilish va Moskvaga yurish”, - dedi prezident.
Ikkinchi variant sifatida ayirmachilar hududini boshqa yerlardan devor bilan ajratish aytildi.
“Bunday variant bo‘lishi mumkinmi? Mumkin. Lekin men prezident sifatida, savdolashmayman... Hech kim yerimizning bir parchasiniyam bermayman”, - ta'kidladi Poroshenko.
Uchinchi yo‘l esa, uning aytishicha, Ukraina suverenitetining tinch yo‘l bilan tiklanishidir.
“Bu yo‘l Minsk kelishuvlari deb ataladi”, - xulosa qildi Poroshenko.