O‘zbekiston | 10:15 / 07.09.2015
9386
1 daqiqa o‘qiladi
Ziyoda: plagiatga qo‘l urganimdan afsuslanaman
Yaqinda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvonini olgan xonanda Ziyoda faoliyatining boshida plagiatga qo‘l urganidan afsusda. Bu haqda u “Darakchi” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Jurnalistning faoliyatida nimadan g‘ururlanishi va qaysi xatolardan afsuslanishi haqidagi savoliga Ziyoda shunday javob berdi:
“Avvalo shu sohada faoliyat yuritib, san'atkor bo‘lib, ozmi-ko‘pmi muxlis orttirganimdan g‘ururlanaman.
Bir vaqtlar yoshligim, mashhur bo‘lishga shoshganim sabab, o‘ylamay plagiatlikka qo‘l urganimdan afsuslanaman”.
Xonanda bundan buyon o‘g‘irlangan qo‘shiqlarni kuylamaslikka harakat qilishini ta'kidladi.