Jamiyat | 15:55 / 09.09.2015
2553
1 daqiqa o‘qiladi

Peskov Putin va Berluskoni yaqinda uchrashishi mumkinligini tasdiqladi

Kreml vakili Rossiyada shaxsiy safar bilan bo‘ladigan Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi mumkinligini tasdiqladi.

“Yaqin kunlarda bunday uchrashuv bo‘lib o‘tishi mumkin”, - dedi Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov TASS agentligiga bergan javobida.
Putin va Berluskoni nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni, balki dolzarb xalqaro masalalarni ham muhokama qilishi mumkinligi aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish